7 iyulga o‘tar kechasi KONKAKAF Oltin Kubogining AQSH – Meksika final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv meksikaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Meksikaliklarning birinchi golini Raul Ximenes kiritdi. “Fulxem” hujumchisi gol urganidan keyin maydonga o‘tirib, go‘yoki geympadda o‘ynagandek bo‘ldi – Diogo Jota o‘z gollarini shunday nishonlardi. Uning yonida portugaliyalikning ismi va o‘yin raqami yozilgan Meksika terma jamoasi libosi ham bor edi.
Fojia 3 iyul kuni sodir bo‘lgan. 28 yoshli Jota va uning ukasi ketayotgan Lamborghini avtomobili shinasi yorilishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib, ariqga tushib ketgan va yonib ketgan. Haydovchi va yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.
Jota 2020 yildan buyon “Liverpul” safida o‘ynab kelayotgandi va 182 o‘yinda 65 ta gol urgandi hamda 26 ta golli uzatmani amalga oshirgandi. Klub rahbariyati 20-raqamni muomaladan chiqarib, uni Jotaga abadiy topshirishga qaror qildi.
Videoni mana shu yerda tomosha qilishingiz mumkin.