Mbappe sudga bergan arizasini qaytarib oldi

  • Mr.NoBoDy 07.07.2025 22:16
  • 51
  • 30

Kilian Mbappe PSJdagi psixologik bosim to'g'risidagi shikoyatini qaytarib oldi.

O'tgan yozda "Real"ga o'tgan Mbappe parij klubini psixologik bosim qo'llaganlikda va 2023 yilda yangi shartnoma imzolashga majburlashda ayblagan edi, o'shanda Mbappe vaqtincha asosiy tarkib bilan ishlashdan chetlatilgandi. Shikoyat iyun oxirida tergov boshlanishiga sabab bo'lgan.


L’Equipe malumotlariga ko'ra, Mbappening advokatlari dushanba kuni shikoyatni qaytarib oldi. Lekin PSJga qarshi hujumchiga 55 million evrolik qarzdorlik bo'yicha sud jarayoni hali ham davom etmoqda.


Xabarlarga ko'ra, Mbappe va uning atrofidagilar yuridik masalalarni imkon qadar tezroq hal qilishga intilishmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar