"Ikki jamoa ham bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Bunday katta o'yinda VAR yo'qligi biroz noqulaylik tug'dirdi. O'yindan oldin ham bizga VAR bo'lmasligi haqida aytishdi. Penaltini ko'rib chiqishsa kerak. Menimcha, o'sha vaziyatda penalti yo'q edi. Vaziyat mening ko'z o'ngimda sodir bo'ldi.
Hali "Nasaf"daman va hech narsa aniq emas. Stanoevich avvallari "Panenka" uslubida tepmas edi. Markoga borib: "O'rtaga tepishingni bilaman", dedim.
Birinchi davrani birinchi o'rinda yakunladik. Biz uchun yaxshi o'tdi. Ikkinchi davra ko'p narsani hal qiladi. Muhimi, biz birinchi o'rindamiz", – deya fikr bildirdi Abduvohid Nematov.