"Muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etildi. Ikki jamoa uchun ham qiyinchilikka uchradi. O'yin so'ngida omad "Nasaf" tomonda bo'ldi. Biz g'alaba qozonib ketishimiz mumkin edi.
Barqaror o'yinimning sababi – mehnat va Yaratganing qo'llovi. Biz chempionlik poygasida oxirigacha kurashamiz. VAR yo'qligi haqida o'yinga chiqayotgan chog'imizda bildik. Bizga buning qizig'i yo'q edi. Biz futbol o'ynaymiz.
Penalti vaziyati tez ro'y berdi. Barchasi aniq esimda yo'q, ammo imkon qadar yiqilmaslikka harakat qildim, lekin oyog'imni ilib qolishdi.
O'yin tempi qanday kechishini oldindan bilmaymiz. Tanaffusdan so'ng yigitlar biroz erkinlikka berildi. Birinchi davrada barcha uchrashuvlar qiyin kechdi. Oson o'yin bo'lgani yo'q", – deya fikr bildirdi Anvar Hojimirzaev bahs yakunlangach.