Messi qishda tekinga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan klub ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 07.07.2025 14:11
  • 60
  • 30

Saudiyaning "Al-Ahli" jamoasi qishda Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda. Klub va "Inter Mayami" o‘rtasidagi muzokaralar bir necha haftadan beri davom etmoqda, deb xabar beradi L'Equipe.

Shu bilan birga, saudiyaliklar argentinalik futbolchini sotib olish uchun pul sarflashni istamayapti va dekabr oyigacha, argentinalikning “Inter Mayami” bilan shartnomasi tugashini kutishmoqda.

O‘z navbatida Amerika klubi ham jahon chempionini jamoada saqlab qolish va unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan.

Joriy mavsumda Messi 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar