Manbaning xabariga ko'ra, argentinalik futbolchini "Al Ahli" safiga qo'shib olmoqchi. Saudiya Arabistoni klubi forvardni "Inter Mayami" bilan shartnomasi tugaydigan dekabr oyida jamoaga o'tishga ko'ndirishga harakat qilmoqda.
Qayd etilishicha, MLS klubi Leoni saqlab qolmoqchi.
Malumot o'rnida, "Al Ahli"da darvozabon Eduar Mendi ("Chelsi" sobiq azosi), himoyachi Merix Demiral ("Yuventus"), vinger Riyad Marez ("Manchester Siti") va hujumchi Roberto Firmino ("Liverpul") kabi yulduzlar bor.