"Andijon" "Nasaf" vakilining haqorati yuzasidan munosabat bildirdi: klub PFLdan chora kutmoqda

  • Mr.NoBoDy 07.07.2025 15:00
  • 48
  • 30

"Andijon" "Nasaf" matbuot xizmati vakilining haqoratomuz so'zlari yuzasidan bayonot berdi.

"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati xodimi Sarvar Bobonazarov o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali "Andijon" klubi muxlislariga nisbatan asossiz ravishda bildirgan haqoratomuz so'zlari sababli voqelikni keskinlantiruvchi holatning vujudga kelishiga olib kelmoqda.   

Darhol "Andijon" klubi matbuot xizmati bu borada "Nasaf" klubi rasmiylari – Botir Qoraev hamda klub matbuot kotibi Sardor Nurov bilan bog'landi hamda yuz bergan vaziyat yuzasidan izoh so'radi.

O'z navbatida, "Nasaf" futbol klubi rasmiylari har doim "Andijon" klubi va uning muxlislariga hurmati cheksizligi, Sarvar Bobonazarov yozgan haqoratomuz so'zlar yuzasidan klubda ichki yig'ilish o'tkazilishi va tegishli jazo qo'llanishini malum qildi.

Afsuski, Sarvar Bobonazarovning "Andijon" muxlislari nomiga bu birinchi haqoratomuz so'zlari emas. Klubning rasmiy vakili bo'la turib bu kabi nojo'ya so'zlar bilan haqorat qilishi o'z kasbi va professionallikka mutlaqo zid. 

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib O'zPFLdan mazkur vaziyat yuzasidan tegishli chora ko'rishini so'raymiz!", – deyiladi bayonotda.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar