"Nasaf" haqoratli so'zlar ishlatgan matbuot xodimi vakilini ishdan bo'shatdi va jamoatchilikdan uzr so'radi

  • Mr.NoBoDy 07.07.2025 15:40
  • 39
  • 30

Kecha O'zbekiston Superligasi doirasida bo'lib o'tgan "Dinamo" – "Nasaf" uchrashuvi (2:2) atrofida yuzaga kelgan noxush holat yuzasidan "Nasaf" futbol klubi quyidagilarni malum qildi.

"Ayni vaqtda mehnat tatilida bo'lgan matbuot xizmati xodimi Sarvar Bobonazarov mazkur uchrashuvda na bevosita, na bilvosita ishtirok etgan va xizmat vazifasini bajargan. Biroq u o'zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida kechagi uchrashuv yuzasidan "Andijon" hamda "Dinamo" jamoalari muxlislari shaniga nisbatan nomaqbul ifodalarni ishlatgan.

Takidlash lozimki, mazkur shaxsiy fikrlar "Nasaf" futbol klubi poziciyasini aks ettirmaydi va klub har qanday ko'rinishdagi haqorat va kamsitishlarni qoralaydi. Ushbu holat yuzasidan tanqidiy yig'ilish o'tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi va klub odob-axloq qoidalarini qo'pol ravishda buzganligi sababli Sarvar Bobonazarov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

"Nasaf" futbol klubi har doim barcha o'zbek klublariga, shu jumladan, Samarqand va Andijon jamoalari vakillari va muxlislariga nisbatan chuqur hurmat va do'stona munosabatda bo'lib kelgan hamda bu tamoyilga qatiy amal qilishda davom etadi.

Yuzaga kelgan noqulay vaziyat uchun jamoatchilikdan uzr so'raymiz", – deyiladi bayonotda.

Avvalroq "Dinamo" va "Andijon" klublari voqea yuzasidan bayonot elon qilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar