Son Xyon Min "Los-Anjeles"ga o'tishdan bosh tortdi

  • Mr.NoBoDy 07.07.2025 16:00
  • 33
  • 30

"Tottenxem"ning koreyalik hujumchisi Son Xyon Min "Los-Anjeles"ga o'tishni istamadi.

Bu haqda "The Sun" xabar berdi.

Son yozda London klubini tark etishi mumkin. 32 yoshli koreyalik futbolchi boshqa takliflarga ochiq. 

Avvalroq OAVda koreyalik futbolchi yozda Turkiyaning "Galatasaroy" yoki Saudiya Arabistoni chempionatining top-klublaridan biriga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Son Xyon Min o'tgan mavsum "Tottenxem" safida 46 o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi. So'nggi oylarda janubiy koreyalik asosiy o'yinlarda asosan zaxiradan maydonga tushdi. Bundan tashqari, Son faoliyatida ilk bor "Tottenxem" Evropa Ligasida g'olib chiqqani evaziga sovrin qo'lga kiritdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar