Bu haqda Alfredo Pedulla xabar berdi.
Manbaning malumot berishicha, mankunianliklar skautlari 25 yoshli futbolchining o'yinlarini anchadan beri kuzatib kelmoqda va uni "Atalanta" futbolchisi Edersonga muqobil sifatida ko'radi. Riosni ancha arzonroq narxda sotib olish mumkin – transfer 20-25 mln evroga baholanmoqda.
Richard Rios joriy mavsumda 35 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi. Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida u 5 o'yinda 2 ta golga assistentlik qildi va "Palmeyras"ning chorak finalga chiqishiga hissa qo'shdi.