Anvar Berdiev: "Nasaf" va "Navbahor"? Chempionatda baribir hamma bilan o'ynaymiz"

  • Mr.NoBoDy 27.03.2025 22:48
  • 150
  • 30

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Sho'rtan" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Dastavval O'zbekiston ahlini kirib kelayotgan Ramazoy hayit bayrami bilan tabriklayman. Jangovor o'yin bo'ldi. "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rdik, o'yinlarini ko'rib, tahlil qilib chiqdik. Jamoa oldingi o'yinlarda 2 nafar hujumchi bilan harakat qildi. Shundan kelib chiqib, tayyorgarlik ko'rdik. Durang adolatli natija bo'ldi deb hisoblayman.

- "Sho'rtan" avvalgi o'yinlarni boy bergandi. Bugun mavsumdagi ilk ochko qo'lga kiritildi. Buni g'alabaga qiyoslasa bo'ladimi?

- Yo'q, durangni g'alabaga tenglab bo'lmaydi. Jamoamiz futbolchilari bundan-da ko'prog'iga qodir. Tarkibimiz yoshlardan iborat, o'yindan-o'yinga kuchayib boramiz. 

- O'zbek futbolida taktikalar o'zgarib ketganmi yoki hujumchilar saviyasi tushib ketganmi? Gollar kam ekanligiga sabab nimada?

- Milliy chempionatlarimizda to'puparlar legionerlardan bo'layotgani achinarli hol. Bizda iqtidorlar ko'p. Avvalgi kabi Soliev, Isoqov, Hamidullaev kabi hujumchilar yana etishib chiqishiga ishonaman. 

- Navbatdagi turlarda "Nasaf" va "Navbahor"ga qarshi o'yinlar kutib turibdi. Bu jamoalarga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rasizlar?

- Har bir o'yinga jiddiy tayyorlanamiz. Vazifamiz har bir uchrashuvda ochko uchun chiqamiz. Chempionatda baribir hamma bilan o'ynaymiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar