"Shaharliklar" ayni damda peshqadam "Liverpul"dan 22 ochko ortda qolgan holda 48 ochko bilan APL turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.
"Albatta, bu yoqimli holat emas. Lekin shu kunlar kelishi kerak edi. "Manchester Siti"ni ayni damda dunyoning eng yaxshi jamoalardan biri deb hisoblayman.
Katta klublar uchun og'ir mavsumlar bo'lib turishi odatiy hol, lekin "Manchester Siti" so'nggi yillarda juda ko'p sovrinlar yutdi. Gvardiola kabi so'nggi yillarda buncha sovrin yutgan murabbiylar juda kam.
Bu katta yutuq, buni qadrlash kerak. Birinchi, ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi mavsumlarda barcha sovrinlarni yutdik. Keyin barchasi yaxshi bo'lib turgan paytda ishlar ortga ketib qoldi. Buni yomon deb hisoblamayman", - dedi Aguero.