Gvardiola: "Biz bunga loyiq emasmiz"

  • Mr.NoBoDy 28.03.2025 20:56
  • 123
  • 30

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola agarda jamoasi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqsa ham bu uchun bonus pullariga loyiq emasligini aytdi.

Shu yilning iyun-iyul oylarida AQSHda o'tadigan musobaqa g'olibi 125 mln dollar ishlab olishi rasman malum qilingandi.

"Biz bu mavsum hech qanday bonuslarga loyiq emasmiz. Agarda g'olib chiqsak ham bu klubning foydasiga xizmat qilishi mumkin.

Biroq bu mavsumda murabbiylar, futbolchilar va personallar ortiqcha bonuslarga loyiq emasmiz", - dedi Gvardiola.

Ўхшаш янгиликлар