"Sivasspor" bilan shartnomasi yakunlangan Azizbek Turg'unboev "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.
Malumot uchun, Turg'unboev uchun "Paxtakor" begona emas. Yarim himoyachi Turkiyaga yo'l olishidan oldin 4 yil "sherlar" libosida harakat qilgandi. U "Paxtakor" safida 103 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va yana 14 ta golga assist bo'lgan.