"Navbahor" yozgi transfer oynasidan samarali foydalangan holda, o'z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan to'ldirishni maqsad qilgan edi. Shunday o'yinchilardan biri, mahoratli, tezkor, hujumkor yarim himoyachi Muhammadali G'iyosov jamoamiz bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi. Mazkur futbolchi 2002 yil, 30 avgust kuni Buxoroda tug'ilgan. Muhammadali G'iyosov faoliyatini 2019 yilda "Buxoro" jamoasida boshlagan. 2020 yilgi mavsumda ilk bor asosiy tarkibda debyut qilgan. 2021 yilgi mavsumdan Toshkentning "Olimpik" jamoasi sharafini himoya qilgan. 2023 yilning yozidan "Qizilqum" jamoasi sharafini himoya qilishni boshlagan. O'sha yili ikkinchi davra o'yinlarida "Qizilqum" tarkibida 13 ta o'yinda 5 ta gol muallifi bo'lgan. 2024 yilgi mavsumda Navoiy jamoasi safida barcha musoboqalarda 25ta o'yinda maydonga tushgan va 6 ta gol muallifi bo'lgan. 2024 yilgi mavsum yakunida Navoiy jamoasini tark etgan va Farg'onaning "Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Joriy yilning birinchi davrasida Farg'onaning "Neftchi" jamoasi safida to'p surgan. Biz "Navbahor"ning yangi futbolchisiga jamoamizda omad yor bo'lib, "lochinlar"ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz. Xush kelibsan Muhammadali!
"Navbahor» yozgi transfer oynasidan samarali foydalangan holda, o'z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan to'ldirishni maqsad qilgan edi. Shunday o'yinchilardan biri, so'ngi uch mavsum (2022-2023-2024)da jamoamiz safida to'p surib o'zining yorqin o'yinlari bilan muxlislar yoqimtoyiga aylangan yarim himoyachi Jamshid Boltaboev jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi 1996 yil, 3 oktyabr kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Faoliyati davomida "Paxtakor", "So'g'diyona", "Navbahor", "Neftchi" jamoalari sharafini himoya qilgan. Joriy yilning birinchi davrasida Farg'onaning "Neftchi" jamoasi safida to'p surib, davralar oralig'ida qadrdon bo'lgan jamoasiga qaytdi. Biz Jamshidbekka jamoamizda omad yor bo'lib, «lochinlar»ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz. Xush kelibsan, Jamshidbek!", — deyiladi namanganliklar xabarida.