Rasmiy xabar: "Nasaf" Nigeriya terma jamoasi sobiq futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

  • Mr.NoBoDy 30.07.2025 18:16
  • 60
  • 30

Qarshining "Nasaf" jamoasi yozgi transfer oynasida tarkibiga yangi nomlarni jalb qilmoqda.

"Nasaf" futbol klubi transfer oynasining so'nggi kunida yana bir muhim kelishuvga erishdi. Klub nigeriyalik tajribali yarim himoyachi Sokari Kingsli bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Nigeriyalik to'p tepar faoliyati davomida "Enyimba Aba" (Nigeriya), "Sfaksien" (Tunis), "Farko" (Misr), "Kazma" (Kuvayt) jamoalarida to'p tepgan. Nigeriya terma jamoasida 2 ta o'yinda maydonga tushgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar