Superliga. "Buxoro" – OKMK 0:2 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 01.08.2025 21:24
  • 54
  • 30

Superliga 16-turi doirasidagi "Buxoro" – OKMK uchrashuvi boshlanishiga oz vaqt qoldi.

Superliga

16-tur

"Buxoro" – OKMK 0:2 LIVE

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 20:00

Bosh hakam: Axrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Zaxira hakami: Muhammad Baxtiyorov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Elnur Doniyorov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Naoaki Senaga (Ruben Sanches) 40, 0:1, Ruben Sanches (Avazbek O'lmasaliev) 53, 0:2

"Buxoro": 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Izzatillo Po'latov, 10.Azizbek Amonov (88.Dominik Begich, 59) 17.Javohir Ro'ziev, 22.Toma Tabatadze, 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 33.Yosip Tomashevich (5.Sardor Qulmatov, 46), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shahboz Jo'rabekov (19.Bilol Tupliev, 59)

Zaxira: 21.Otabek Boymurodov, 4.Javohir O'tamurodov, 6.Ravshan Xayrullaev, 9.Amirbek Saidov, 11.Ibrohim No'monov, 14.Alisher Xayrullaev, 

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 2.Akramjon Komilov, 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 11.Ruben Sanches, 15.Oybek Rustamov, 16.Naoki Senaga, 18.Ibrohim Yo'ldoshev, 20.Islom To'xtaxo'jaev.

Zaxira: 88.Hamidullo Abdunabiev, 4.Mirjamol Qosimov, 8.Aziz Xolmurodov, 13.Eldor Begimov, 19.Ahmadullo Muqimjonov, 27.Ali Abdurahmonov, 30.Abror Sarimsoqov, 77.Nodir Abdurazzoqov, 99.Asadbek Sobirjonov.



MATNLI TRANSLYACIYA


59. O'ZGARISH. "Buxoro", Aziz Amonov o'rniga Dominik Begich, Shahboz Jo'rabekov o'rniga Bilol To'pliev tushdi.

58. ZARBA. Mezbonlar yarim himoyachisi Javohir Ro'zievning zarbasi xavfli ko'rinish oldi.

53. GOL. Ruben Sanches OKMKning ikkinchi golini urdi. Ispaniyalik hujumchi jarima maydonchasi ichida sovuqqonlik bilan harakat qildi va Shirinboy Abdullaev darvozasini ishg'ol qildi. 

46. O'ZGARISH. "Buxoro", Iosip Tomashevich o'rniga Sardor Qulmatov tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45+3. Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

40. GOL. OKMK uchrashuvda hisobni ochdi. Ruben Sanchesning uzatmasini qabul qilib olgan Naoaki Senaga jarima maydonchasi ichida aniq zarba bilan golga aylantirdi.

33. ZARBA."Buxoro" himoyachisi Shahboz Jo'rabekovning zarbasini OKMK posboni Javohir Ilyosov qaytarib yubordi.

26. O'yin davom etadi.

25. Salqinlanib olish uchun 1 daqiqalik tanaffus. 

19. ZARBA. Azizbek Amonovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

13. O'yinda temp yuqori emas. 

8. To'p nazorati OKMK tomonida.

2. ZARBA. "Buxoro" o'zining ilk xavfli hujumini uyushtirdi. Izzatillo Po'latovning zarbasi xavfli chiqdi.

1. ZARBA. Ruben Sanchesning boshi bilan yo'llagan zarbasini Shirinboy Abdullaev qaytardi. 

- O'yin boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib keldi.

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay holatda. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar