ESPN xabariga ko'ra, klub ikkita asosiy transfer maqsadini belgilab olgan – "Aston Villa"dan Olli Uotkins va "Leypcig"dan Benyamin Sheshko.
Ikkala forvard ham Ugo Ekitike “Liverpul”ga, Viktor Gyokeresh "Arsenal"ga o'tganidan keyin short-listga kirdi.
Sheshko o'tgan mavsum 45 o'yin o'tkazib, 21 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan. Uotkins "Villa" uchun barcha musobaqalarda 54 o'yinda 17 ta gol va 14 ta golli uzatmani hisobiga yozdirib qo'ygan.