Konferenciyalar ligasi saralashi. "Istanbul Bashakshehir" "Cherno More"ni qiyinchiliksiz mag'lub qildi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

  • Mr.NoBoDy 01.08.2025 00:40
  • 105
  • 30

Konferenciyalar ligasi saralashi doirasidagi "Istanbul Bashakshehir" - "Cherno More" uchrashuvi yakuniga etdi.

Bahsda turkiyaliklar 4:0 hisobida g'alabaga erishdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi.

"Istanbul Bashakshehir" - "Cherno More" 4:0 (dastlabki uchrashuv 1:0)

Gollar: Ivan Brnich (17), Migel Krespo (31), Nunu Da Koshta (36), Kristofer Operi (80).

"Istanbul Bashakshehir": Muhammad Shengezer, Onur Bulut, Leo Duarte, Osseynu Ba, Kristofer Operi, Omer Shahiner (Oliver Kemen, 68), Berat Ozdemir (Umut Gyunesh, 77), Migel Krespo, Sari Yusuf (Deniz Turuch, 68), Nunu Da Koshta (Eldor Shomurodov, 58), Ivan Brnich (Davi Zelke, 68).

"Cherno More": Plamen Iliev, Asen Donchev (Dani Martin, 46), Jivko Atanasev, Rosen Stefanov (Asen Chandarov, 46), Vlatko Drobarov, Svetomir Panov, Ueslen Junior (Joao Pedro, 46), Vasil Panayotov, David Teles, Georgi Lazarev, Chelso Sidney.

Ogohlantirish: Ueslen Junior (40), Svetomir Panov (42), Vasil Panayotov (72).

Match-senterda ochish

"Istanbul Bashakshehir" uchinchi bosqichda Norvegiyaning "Viking" jamoasiga qarshi o'ynaydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar