Hindiston futbol federaciyachi Ijroiya qo'mitasi Texnik qo'mita ishtirokida Holid Jamilni Hindiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlashni maqulladi.
Holid Ahmad Jamil – hindistonlik professional futbol menejeri va sobiq futbolchi. Jamil futbolchilik faoliyatining katta qismini "Maxindra Yunayted", "Eyr Indiya" va "Mumbay" jamoalarida o'tkazgan hamda Hindiston terma jamoasi safida 40 marta maydonga tushgan.
Avvalroq hindistonliklar CAFA musobaqasida Malayziya o'rnini egallagan edi.