Gvardiola kechagi durangdan so'ng Husanov haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy 16.03.2025 08:00
  • 42
  • 30

Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola Braytonga qarshi uchrashuvdagi durang natijadan so'ng jamoasini maqtadi.

«Ruben Diash va Abduqodir Husanov fantastik darajada o'ynadi. «Nottingem Forest« bilan bo'lgan o'yinga qaraganda bu gal ancha yaxshi to'p tepdik, ikkita gol urdik va yana darvozani ishg'ol qilish uchun vaziyatlar yaratdik.

Biz g'alabaga yaqin edik, lekin unga erisha olmadik», — deb fikr bildirdi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, ushbu bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Abduqodir Husanov o'z darvozasiga gol urib qo'ygandi.

Ўхшаш янгиликлар