"Aston Villa" o‘rtoqlik uchrashuvida "Neshvill" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Birmingemliklar safida Olli Uotkins va Doniell Malen o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Amerikaliklarning gollariga Mettyu Korkoran va Sem Sarrij mualliflik qildi.
"Aston Villa" navbatdagi o‘yinini 6 avgust kuni "Roma"ga qarshi o‘tkazadi.