Superliga. "Sho'rtan" - "Xorazm" 1:2 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 03.08.2025 20:48
  • 69
  • 30

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Xorazm" uchrashuvi boshlanmoqda.

"Sho'rtan" – "Xorazm" 1:2 LIVE

03.08.2025, 20:00

Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov

Yordamchi hakamlar: Avaz Abdullaev, Shavkat Rahmatov

Zaxira hakami: Aziz Jumanov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR: Akobir Shukurullaev

AVAR: To'rabek Suyunov

Komissar: Abdulbosit Valixonov

Gol: Doniyorjon Narzullaev 28, 1:0, Murod Bobojonov (Rustam Abduhamidov) 33, 1:1, Rustam Abduhamidov 40, 1:2

"Sho'rtan": 1. Shohruxjon Eshbo'taev, 3. Shoxjaxon Sultonmurodov, 6. Odilbek Abdumajidov, 8. Abubakrrizo Turdialiev, 9. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 14. Abrorbek Toshqo'ziev, 15. Jo'rabek Mannonov, 21. Muhammadaziz Ibrohimov, 24. Doniyorjon Narzullaev, 33. Bekjon Rahmatov, 55. Azizbek Pirmuhammadov

Zaxira: 35. Sherzodbek Abduraimov, 7. Bekzod Suvonov, 10. Timur Mamasidiqov, 11. Jasur Hakimov, 17. Farruxbek Muxtorov, 22. Sardor Sadullaev, 45. G'anisher Qodirov, 76. Islom Kenjaboev, 88. Diyorbek Asomiddinov

"Xorazm": 39. Artyom Potapov, 2. Diyor Ortiqboev, 6. Abbos Otaxonov, 7. Temurbek Ismailov, 8. Hazratjon Tursunqulov, 10. Murodbek Bobojonov, 11. Humoyunmirzo Iminov, 18. Iskandar Shaykulov, 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 88. Abror Xusinov, 94. Rustamjon Abduhamidov

Zaxira: 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 5. Dilshod Jo'raev, 9. Jasur Azimov, 15. Vladimir Bubanya, 20. Danila Ejov, 22. Asadbek Saidxonov, 77. Sunnatillo Abdullajonov, 79. Azizjon Ahrorov, 99. Shahram Samiev.

Ogohlantirish: Jo'rabek Mannonov ("Sho'rtan")

MATNLI TRANSLYACIYA

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

45. ZARBA. "Xorazm" yarim himoyachisi Humoyunmirzo Iminovning uzoqdan tepgan to'pi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

40. GOL. "Xorazm" "Sho'rtan" darvozasiga ikkinchi golni urdi. Rustam Abduhamidov katta tezlikda mezbonlar jarima maydonchasiga kirib aniq zarba yo'lladi, 1:2

33. GOL. Murod Bobojonov uchinchi urinishda "Sho'rtan" darvozasini ishg'ol qildi. Rustam Abduhamidovning yuqorilatib bergan uzatmasini "Xorazm" hujumchisi boshining orqasi bilan to'pni kiritib yubordi. 

28. GOL. Uchrashuvda hisob ochildi. "Sho'rtan" sardori Doniyorjon Narzullaev "Xorazm" himoyasidagi palapartishlikdan foydalanib gol urdi. VAR golni tekshirdi va inobatga oldi. 

28. "Sho'rtan" o'yinda tempni oshirdi. 

25. ZARBA. Yana Bobojonov. Bu safargi zarba juda kuchli va noaniq chiqdi.

22. ZARBA. "Xorazm" hujumchisi Murodbek Bobojonovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini mezbonlar kiperi Shoxruh Eshbo'taev osonlikcha ushlab oldi.

19. OGOHLANTIRISH. Jo'rabek Mannonov, "Sho'rtan"

18. O'yindagi ilk xavfli vaziyat yuzaga keldi. Doniyorjon Narzullaevning darvozaga yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegdi

8. Hozircha darvozalar oldida keskin vaziyat bo'lgani yo'q. O'yin past tempda davom etmoqda.

- O'yinga start berildi.

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay.  

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar