"Inter Mayami" Liga kubogi guruh o‘yinida "Nekaksa"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi (2:2, 5:4 - penalti).
"Inter" safida Telasko Segoviya va 90+2-daqiqada gol urgan Jordi Alba o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bunga meksikaliklar Tomas Badaloni va Rikardo Monrealning aniq zarbalari bilan javob qaytardi. Penaltilar seriyasida "Inter Mayami" aniqroq bo‘ldi - 5:4.
18-daqiqada hisob 1:0 bo‘lganida Florida jamoasi himoyachi Maksimiliano Falkonning chetlatilishidan keyin o‘n kishi bo‘lib qoldi. 60-daqiqada hisob 1:1 bo‘lib turganida tarkiblar tenglashdi: ikkinchi sariq kartochkani "Nekaksa" himoyachisi Kristian Kalderon oldi.
"Inter Mayami" sardori Lionel Messi jarohat oldi va 11-daqiqada zaxiraga olindi.
Ligalar kubogining navbatdagi o‘yinida "Inter Mayami" 7 avgust kuni "Pumas" bilan o‘ynaydi, "Nekaksa" esa shu kuni "Orlando Siti" bilan to‘qnash keladi.