"Los-Anjeles" "Tottenxem"ning 33 yoshli vingeriga yiliga 20 mln dollarga yaqin maosh taklif qildi, deb xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
MLSda maosh bo'yicha rekordchi "Inter Mayami" forvardi Lionel Messi bo'lib, u bir mavsumda 20,45 mln maosh oladi.
Avvalroq, "shporlar" allaqachon London klubini tark etishini elon qilgan Son uchun 20 mln funt olmoqchi ekani malum bo'lgandi.