Uchrashuvdan so'ng "qaldirg'ochlar"ning 18 yoshli futbolchisi Azizbek To'lqinbekov fikrlarini bildirdi.
"O'yin o'ziga hos dramatik ruhda o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. "Neftchi"ga qarshi o'yinlar doimo jangovar tarzda o'tgan. Jamoamiz bor kuchini ishga soldi. Muxlislar uchun ham, biz uchun ham unutilmas o'yin bo'ldi.
Bizda g'alabaga bo'lgan ishonch, ishtiyoq, kuch bor edi. Bu oxirgi daqiqlargacha yo'qolgani yo'q. Raqib kuchli ekanligiga qaramay o'z rejamizdan chiqmadik va 3 ochkoga ega chiqdik. To'g'ri, dastlabki daqiqalarda ustunlik ular tomonida bo'ldi. Biz sekin-asta o'yinni o'z qo'limizga oldik, bir-birimizga yordam berdik.
Shu tempni saqlab qolsak albatta sovrinli o'rinlar uchun kurashishimiz mumkin. Jamoamizda muhit alo darajada. Futbolchilarning o'zaro tushunishi ham yaxshi holatda",- deydi Azizbek To'lqinbekov.