"Al Nassr" "Manchester Siti" futbolchisiga taklif bilan chiqmoqchi

  • Mr.NoBoDy 04.08.2025 08:40
  • 72
  • 30

"Al Nassr" tarkibni kuchaytirish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Saudiyaliklar "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvaga taklif bilan chiqishni reja qilgan. "Al Nassr" futbolchining transferi uchun "shaharliklar"ga tahminan 30 million evro berishga tayyor. Futbolchining o'zi bilan esa uch yillik shartnoma tuzishni reja qilgan.

Yarim himoyachi o'tgan mavsumda 49 ta o'yin o'tkazib, ularda beshta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliyalikning ingliz grandi bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt Bernardu Silvani 38 mln evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar