30 yoshli himoyachini "Tottenxem" sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Londonliklar futbolchining bir yillik ijarasi uchun 5 million evro to'laydi. Shuningdek, portugaliyalik yarim himoyachini 25 million evroga sotib olish huquqini qo'lga kiritishdi.
Palinya 2024 yilda Angliyaning "Fulxem" klubidan Bundesligaga ko'chib o'tgandi. O'shanda nemis klubi futbolchining transferi uchun 51 million evro sarflashgandi.
Portugaliyalik yarim himoyachi o'tgan mavsum myunxenliklar safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushdi.