Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Parijliklar futbolchi uchun yangi klub topa olmasa, Donnarumma PSJ bilan shartnomasini bekor qilishga tayyorligi malum bo'ldi.
Italiyalik darvozabon vakillarining "Galatasaroy" va "Manchester Yunayted" bilan muzokara jarayoni hali boshlanmagan. Bu klublar Donnarummani qo'lga kiritish uchun davogarlik qilmoqda.
Avvalroq PSJ "Lill" posboni Lyuka Shevale bilan 40 million evro evaziga shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi.
Donnarumma o'tgan mavsum parijliklar safida 47 o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 43 ta to'p olib chiqqan edi.