"Krivbass" darvozaboni Evropadagi yig'in davomida qochib ketdi

  • Mr.NoBoDy 06.08.2025 00:08
  • 78
  • 30

19 yoshli darvozabon kutilmaganda jamoa safini tark etdi.

Ukrainaning "Krivbass" jamoasi darvozaboni Igor Omelchenko Sloveniyada o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inini tark etdi va Ukrainaga qaytmadi.

Klub posbon bilan bog'landi, ammo u amaldagi shartnomaga qaramasdan jamoa safiga qaytmasligini malum qildi. Malum qilinishicha, "Krivbass" 19 yoshli futbolchini Ukrainaga qaytarish harakatlarini davom ettirmoqda.

Omelchenko o'tgan mavsumda Ukraina U19 chempionati doirsida 25 ta uchrashuvda ishtirok etgan edi. UPL uchrashuvlari uchun asosiy jamoa qaydnomasiga bir necha bor kiritilgan bo'lsa-da, maydonga tushirilmagan. "Krivbass" jamoasi 2024/25-yilgi mavsumda UPL turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallagan edi.




Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar