- Bugun bizni juda muhim o'yin kutib turibdi. "So'g'diyona" jamoasi yozgi transferlar "oynasi" da tarkibni sezilarli tarzda kuchaytirdi. Tarkibga yaxshi futbolchilar jalb etilishdi. Lekin biz muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.
Ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik doirasidagi yig'inda jismoniy tayyorgarlikka katta urg'u berdik, qolaversa, ertangi o'yinga ham munosib tayyorgarlik ko'rganmiz. Ichki muhitda muammolar yo'q. Shu sababli ham safimizga yangi qo'shilganlar jamoaga tezda moslashib keta olishdi. Hozirda barchamiz bitta maqsad yo'lida birlashganmiz va ertangi bahsda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi Shukron Yo'ldoshev.