Tez orada 23 yoshli futbolchi Madrid klubi bilan amaldagi shartnomani bekor qiladi va Braziliya klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzolaydi.
Malumot uchun, "Real" 2020 yilda Reyner uchun "Flamengo"ga 30 million evro to'ladi. O'shandan beri u hech qachon madridliklarning asosiy jamoasida o'ynamagan. Yarim himoyachi ijara asosida Dortmundning "Borussiya", "Jirona", "Frozinone" va "Granada" klublarida o'ynagan.
Transfermarkt portali Reynerning bozor narxini 1,5 million evroga baholamoqda.