Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Polshaning "Visla Plock" klubi Nasrullaevni "Nasaf"dan sotib olishga tayyor edi. Futbolchining shartnomasi yil oxirida yakuniga etadi va "ajdarlar" bu transferdan malum miqdorda pul ishlab olishi mumkin edi.
Biroq "Visla" shartnomani 31 iyul kuni Qarshiga yubordi. Xabaringiz bor, O'zbekistonda transfer oynasi 30 iyul kuni tunda yopildi va "Nasaf" Nasrullaevni sotib, uning o'rniga boshqa himoyachi olomasdi. Shu bois, mazkur transfer amalga oshmay qoldi.
Ayni paytda "Visla" Polsha oliy ligasida 3 ta turning barchasida g'alaba qozonib, musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi.