Superliga. Darvozalarga 6 ta gol urilgan oqshomda "Dinamo" kambek evaziga "Mashal"dan ustun keldi

  • Mr.NoBoDy 06.08.2025 22:08
  • 96
  • 30

Superliganing 17-turidan joy olgan "Mashal" - "Dinamo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Match-senterda ochish

"Mashal" – "Dinamo" 2:4 

06.08.2025, 20:00

Bosh hakam: Abdurashid Xudayberganov

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Oybek Boboev

Zaxira hakami: Umidjon Nutfulloev

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR: To'rabek Suyunov

AVAR: Sanjar Shoyusupov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gol: Sherzod Fayziev (Sardor Abduraimov) 2, 1:0, Sardor Abduraimov 5, 2:0, Ulug'bek Hoshimov (Hislat Halilov) 24, 2:1, Jahongirbek Abdusalomov (penalti) 45+4, 2:2, Behruz Oblaqulov 89, 2:3, Behruz Oblaqulov (Firdavs Abduraxmonov) 90+1, 2:4

"Mashal": 1.Umidjon Hamroev, 5.Samandar Ochilov, 6.Javohir Abdualimov, 7.Islombek Baratov ( 28.Ergash Ismoilov,46), 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim G'anixonov ( 24.Avazjon Mamatxo'jaev,46), 11.Asadbek Samariddinov (17.Anvar Murodov,46), 13.Nuriddin Nuriddinov (22.Nurjahon Muzaffarov,46), 15.Muhammadali Aliqulov, 37.Sherzod Fayziev, 80.Dmitriy Yashin.

Zaxira: 35.Dostonbek To'xtaboev, 4.Abdul Latif Maga,  19.Islom Sharipov,  34.Shahboz Jo'raev, 77.Jamshid Hasanov.

"Dinamo": 1.Ravshan Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Jurani Fransisko Ferreyra, 11.Hislat Xalilov (25.Oybek O'rmonjonov,46), 16.Richard Emeka Fraydey (8.Sanjar Qodirqulov,46), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongirbek Abdusalomov (88.Marko Stanoevich,72), 22.Ulug'bek Abdullaev ( 37.Firdavs Abdurahmonov,46), 55.Dmitriy Pletnev (23.Behruzbek Oblaqulov,76),  99.Ulug'bek Hoshimov.

Zaxira: 27.Edem Nemanov,  9.Mirjahon Mirahmadov, 14.Bahodir Nasimov,   77.Mahmudjon Mahammadjonov, 

Ogohlantirish: Avazxon Mamatxo'jaev ("Mashal") 72

MATNLI TRANSLYACIYA


YANGILASH


90+6. Uchrashuv yakunlandi. 

90+1. GOL. "Dinamo" oxirgi nuqtani qo'ydi. Zaxiradan maydonga tushgan Behruzbek Oblaqulov jamoasining to'rtinchi goliga mualliflik qildi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. GOL. VAR tekshiruvidan so'ng "Dinamo"ning goli inobatga olindi

87. Behruz Oblaqulov tomonidan urilgan gol hisobga olinmadi, hakam VARni eshitmoqda.

84. Marko Stanoevichning boshi bilan yo'llagan zarbasini "Mashal" posboni qiyinchilik bilan qaytardi. 

76. O'ZGARISH. "Dinamo", Dmitriy Pletnyov o'rniga Behruzbek Oblaqulov tushdi.

72. OGOHLANTIRISH. "Mashal", Avazxon Mamatxo'jaev

70. O'ZGARISH. "Dinamo", Jahongir Abdusalomov o'rniga Marko Stanoevich tushdi.

60. Ustunlik to'liq Abramov shogirdlarida.

58. "Mashal" jarima maydonchasi ichida keskinlik yuzaga keldi. 

57. Oybek O'rmonjonov amalga oshirgan jarima to'pi jonli devorga tegib qaytdi.

50. "Dinamo"da zaxiradan tushganlar faolroq o'ynamoqda. "Mashal"ning hujumlari keskin tus olmayapti.

46. O'ZGARISH. "Dinamo", Richard Fraydey o'rniga Sanjar Qodirqulov, Ulug'bek Abdullaev o'rniga Firdavs Abdurahmonov, Hislat Halilov o'rniga Oybek O'rmonjonov tushdi.

46. O'ZGARISH. "Mashal", Ibrohim G'anixonov o'rniga Avazxon Mamatxo'jaev, Islombek Baratov o'rniga Ergash Ismoilov, Nuriddin Nuriddinov o'rniga Nurjahon Muzaffarov, Asadbek Samariddinov o'rniga Anvar Murodov tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+4. GOL. Jahongirbek Abdusalomov 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llashda adashmadi.

45+4. "Dinamo" penalti tepadi. 

45+3. Hakam VAR monitori oldida. To'p mezbonlar himoyachisining qo'liga tekkani aytilmoqda.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

40. Pletnyov uzoq masofadan zarba yo'llab ko'rdi. Noaniq.

34. Pletnyov jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Hakam o'yinni davom ettirishni buyurdi.

30. Ikki jamoa ham maydonda kurashmoqda. 

24. GOL. Bu yakun emas, "Dinamo" hisobdagi farqni qisqartirdi. Halilovning chap qanotdan uzatmasini Ulug'bek Hoshimov golga aylantirdi.

20. Jamoalar suv ichib salqillanib olishdi.

18. "Dinamo"da qanotlar faol.

14. Mehmonlar to'p nazoratini qo'lga oldi. 

8. "Dinamo"dan ilk xavfli hujum. Jumaboevning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq.

5. GOL. Kutganmidingiz? Men esa yo'q. "Mashal" 5 daqiqada "Dinamo" darvozasiga ikkinchi golni urdi. Yagudin to'pni uzoqlashtirdi, uni egallab olgan Sardor Abduraimov darvozabon oldinga chiqib ketganidan foydalanib darvozani ishg'ol qildi.

2. GOL. "Mashal" uchrashuvda tezkor gol urdi. Burchakdan jarima maydonchasiga uzatib berilgan to'pni tajribali himoyachi Sherzod Fayziev darvozaga joylab qo'ydi.

- O'yin boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay holatda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar