Myunxen klubi va Emirates aviakompaniyasi 2031/32-yilgi mavsum oxirigacha bo'lgan uzoq muddatli kelishuvni imzoladi.
Hamkorlik, avvalo, Bundesliganing barcha o'yinlari davomida "Alyans Arena" stadioni atrofida reklama joylashtirish imkonini beradi. Shuningdek, ikkala kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlari va raqamli kanallarida qo'shma tadbirlar o'tkazish ham rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, kelajakda "Bavariya", Yaqin Sharq yoki Osiyoga uzoq masofali parvozlar uchun Emirates samolyotlaridan foydalanishi mumkin bo'ladi.
Bild nashrining xabar berishicha, kelishuv shartlariga ko'ra, klubning yillik daromadi 5 million evroni tashkil etadi.