U-20 ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichi: O‘zbekiston Bahraynni mag’lub etdi

  • Mr.NoBoDy 07.08.2025 02:05
  • 105
  • 30

Bugun “Do‘stlik” stadionida 2026-yilgi U-20 ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichining “G” guruhi o‘yinlariga start berildi.

Vladimir Panov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Bahraynga qarshi bahs olib bordi va 8:0 hisobida g’alaba qozondi.

Jamoamizning gollariga, Etibor Shodiyeva (dubl), Diyora Baxtiyorova, Dilnura Mamatkulova, Ruxshona Saydabbosova hamda Shaxnoza Dekanbayeva mualliflik qildi, yana ikki gol raqib futbolchilari hisobiga avtogol sifatida yozildi.

Guruhdagi dastlabki uchrashuvda, Iordaniya 6:1 hisobida Shimoliy Mariana Orollari ustidan g‘alabaga erishdi.

Jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 8-avgust kuni Shimoliy Mariana Orollariga qarshi o‘tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar