FIFA "Navbahor"ga transfer taqiqini qo'ydi

  • Mr.NoBoDy 16.03.2025 10:00
  • 21
  • 30

Superliga klublarida qarzdordik bilan bog'liq muammolar hali to'liq echilmagan.

FIFA Namanganning "Navbahor" klubiga transfer taqiqini qo'ydi. Bunga sabab esa o'tgan mavsum jamoada harakat qilgan eronlik yarim himoyachi Siyavash Haqnazari bilan bog'liq qarzdorlikdir. Klub futbolchining moliyaviy talablarini bajarmagan. Tashkilot klubga 11 mart kuni mazkur jazoni qo'llagan. 

Malumot uchun, Haqnazari 2024 yil Superligada "lochinlar" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib 5 ta gol, 2 ta assist qayd etgan. U ayni paytda Eronning "Nassaji Mazandaran" klubida to'p tepmoqda. 


Ўхшаш янгиликлар