Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi ayni kunlarda Toshkent viloyatida seleksiya yigʻini oʻtkazayotganidan xabaringiz bor. Bugun Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari “Lokomotiv farm” jamoasiga qarshi nazorat oʻyinini oʻtkazib, 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Terma jamoaning gollariga Habibullayev, Adhamov va Qodirov mualliflik qildi.
Boshlangʻich tarkib: Odinayev, Adhamov, Maratov, Abdusattorov, Shukurov, Shomurodov, Anvarov, Iskandarov, Odiljonov, Abdumajidov, Habibullayev.
Zaxiradan tushganlar: Ismatullayev, Gʻaniyev, Poʻlatov, Qodirov, Nabiyev, Mavlonov, Qoʻshmatov, Erkinov, Omonkeldiyev, Adhamov, Mardonov.