- Ilk navbatda shuni aytishim kerakki, bu erga raqibni mag'lub etish uchun kelgandik va shunga moslab strategiya tayyorlagandik. Biroq dastlabki 15 daqiqalikda buni umuman amalga oshira olmadik va bu men uchun afsuslanarli bo'ldi. Nima sababdan biz o'z darvozamiz yonida raqibga imkoniyatlar berdik, buning aksi bo'lishi kerak edi. 20-daqiqadan keyin qanday o'ynagan bo'lsak, shunday scenariy kutgandim. Tezkor gol o'tkazib yubordik, oradan bir necha daqiqa o'tib o'zimizga keldik. Kamchiliklarsiz o'ynab bo'lmaydi. Keyinchalik vaziyatlarimiz bo'ldi. Ayniqsa ikkinchi bo'limda. Birinchisida ham goldan keyin yaxshi vaziyatlar yaratgandik. Raqibning ikkinchi bo'limdagi ilk zarbasi golga aylandi. Bu mahoratdan dalolat. Keyin esa qaytish uchun kech bo'ldi. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz uchun ochiq o'yin ko'rsatish uchun kelgandik. Jamoa men istagan o'yinni namoyish qilib berdi, biroq 90 daqiqa davomida emas. Shunday holatlar bo'lmasligi uchun ishlashda davom etish kerak. Rejalarni bajarish lozim. O'yinga bo'lgan etibor, munosabat bo'yicha futbolchilarimga etirozim yo'q. Jamoa yomon emas, biroq futbolni detallar hal qilmoqda. "Paxtakor" bugun nafaqat chiroyli o'yini, balki mahorati evaziga g'alaba qozondi. Jamoam dastlabki 15-20 daqiqalikda vazifalarni bajara olmadi.
- Jamoaning hujumkor futbolchilari ko'p: Doriev, Xebaydan keyin Jaloliddinov ham hujumga qo'shildi. Nega jamoaning gol urishi qiyin kechmoqda?
- Oldin ham aytganimdek bizda realizaciya asosiy muammo bo'lib turibdi. Bugun ham 100 foizlik vaziyatlar bo'ldi. Futbolda hech bo'lmasa yarim vaziyatlardan foydalanish kerak, shundagina ochko olsa bo'ladi. Faqatgina biz emas, boshqa kuchli jamoalar ham o'yinlarda gol ura olmasligi mumkin. Hujumdagi futbolchilarimdan ko'prog'ini kutgandim. Biroq ularning kimligini yaxshi bilamiz, ular o'zlarining kim ekanligini namoyish qilishgan. Ular keyinchalik o'zlarining eng yaxshi holatiga kira olishadi degan umiddaman. Ikkinchi davraning to'rtinchi o'yiniga kelibgina gol ura olmadik. Biz rivojlanyapmiz. Futbolchilarim raqobatbardosh bo'lishini istayman. Biz shunchaki futbol ko'rsatishni xohlaymiz.
- Raqib tarkibidagi to'purar futbolchilar, masalan, Igor Sergeev jamoangizga ruhiy zarba bo'ldimi?
- Menimcha yo'q. U doimgidek oddiy, sovuqqon va jamoa uchun o'ynaydigan futbolchi. Igor istalgan nuqtadan gol uradigan futbolchi emas va shu boisdan muammo bo'lmasligi kerak.
- Jamoaning o'yini yomon emas. Biroq futbolni aldab bo'lmaydi. Jamoa so'nggi paytlarda ko'p mag'lub bo'lmoqda, shu sababli ochko yig'ish bo'yicha qandaydir nazorat bormi? Chunki jamoa tepaga ko'tarilishi kerak.
- Raqiblar oddiy emas. Biz shunchaki g'alaba qozona olmayapmiz deyish noto'g'ri, raqib ham futbol o'ynamoqda. Ularda ham yaxshi futbolchilar bor. Raqib bizga imkoniyat berishi yoki biz raqibga imkon bermasligimiz mumkin. Tushunaman, g'alaba eng muhimi. Chiroyli futbol ortidan g'alabalar ham keladi. Biroq murabbiy sifatida men taktika, strategiya, reja, ruhiy holatga ham javob berishim kerak. Ruhan muammolar bo'layotganini ko'rmayapman. Biz g'alabalarga ishonyapmiz, futbolchilar tepaga ko'tarilishga harakat qilishyapti. "Paxtakor"ga qarshi safarda o'ynash oson emas. Bugun biz yaxshi raqibga mag'lub bo'ldik, bundan tragediya yasash kerak emas. Biz mardonavor o'yin ko'rsatdik. Ishlar o'xshamadi, lekin oldinda o'yinlar bor, keyingi bahsni Jizzaxda o'tkazamiz. Bilaman, yaxshi mehnat, tirishqoqlik va chiroyli futbol evaziga barchasini engib o'ta olamiz, ilk navbatda kubokka katta kuchni tashlaymiz. Biroq chempionatda ham taslim bo'lmaymiz. Chunki biz o'zimiz istagan joyda emasmiz. Bilaman, yil oxirida biz kerakli va reja qilingan joyga chiqa olamiz.
- "Paxtakor" kabi raqib "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda himoyaviy o'yin namoyish qilishini kutganmidingiz?
- "Paxtakor"dan bunday o'yin kutmagandim. Biroq natija uchun shunday qilsa bo'ladi. "Paxtakor"ga qarshi bunday o'yinda ilk marta bo'lishim. Bunaqangi holatni hech kim kutmagandi. Ikkinchi bo'limning dastlabki 30 daqiqasida ular darvozamizga birorta zarba bera olishmadi. Bu meni quvontiradi. Lekin biz bu ustunlikdan foydalana olmadik. Uzun paslar va to'p uchun kurash ham 5g'ga 50 vaziyatlar hisoblanadi. Kimdir kurashda mag'lub bo'lsa, o'sha jamoa vaziyatlar yaratishi mumkin. Bu xoh "Paxtakor" bo'lsin, xoh boshqa jamoa. Bunday o'yinni kutmagandim, shunchaki shunday bo'lib qoldi. Ular 3 ochkoni shunday olishdi. Biz o'z futbolimiz orqali, ular o'z futboli orqali o'ynashdi. Barcha o'yinni unutadi va natijani eslaydi.
- "So'g'diyona"ning hujumkor futbolchilari himoyada yordam bera olmasligi Sizni havotirga solmayaptimi?
- Bu murabbiy sifatida mening vazifam. Albatta, futbolchilarning sifatlari turlicha bo'ladi. Doriev hujumkor futbolchiligini va sifatli o'ynashini barcha biladi. Biz doimo bunday salbiy holatlarni himoyaviy futbolchilarning katta yuklama olishi bilan yopamiz. Shunda ham barcha futbolchilarning salbiy hususiyatlarini yopishga harakat qilyapmiz. Mavsum boshidan beri kuchli jamoalarga qarshi o'ynayapmiz. Barcha bahslarda, bugun ham qaytishga harakat qildik. Ko'p futbolchilar yangi, ularning balki jismoniy holati bunga javob bermas. Lekin paslar, pressing orqali bu holatdan o'tamiz. Albatta, "Dinamo"ga qarshi o'yin ilk navbatda muhim. Jaloliddinov bugun charchagandek ko'rindi. Hali u ham rivojlanishi kerak. Biz kuchli o'n bir futbolchini tanlab olib, ochkolar yig'ishimiz kerak.