"Dinamo" futbolchilari mikst-zona orqali harakatlanmadi, "Navbahor" stadioni xodimi zaxira o'rindig'i yoniga turib oldi, "Qo'qon-1912" "Bobur Arena"ga kirishda muammoga duch keldi - Liga komissarlari bildirgisi

  • Mr.NoBoDy 14.08.2025 16:40
  • 36
  • 30

PFL matbuot xizmati 1-8 avgust kunlari bo'lib o'tgan Superliga 16-17-turidan keyin Liga komissarlari yozgan bildirgilarni taqdim etdi.

"Dinamo" 2:2 "Navbahor"

"Dinamo" futbolchilari ogohlantirishlarga qaramay, mikst-zona orqali harakatlanmasdan, stadionni boshqa yo'l bilan tark etgan. Bu orqali "Superliga va Pro liga reglamenti"ning 18.7 bandiga amal qilinmagan.

"Dinamo" klubining ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.


"Navbahor" 1:1 "So'g'diyona"

"Markaziy" stadioni xodimi uchrashuv davomida zaxira o'rindig'i yoniga turib olgan. Liga komissarining ogohlantirishlariga qaramasdan, bu xodim texnik hududni tark etmagan. Ushbu harakat orqali "Superliga va Pro liga reglamenti"ning 16.20 bandi buzilgan.

"Navbahor" klubining ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.


"Andijon" 3:0 "Qo'qon-1912"

"Qo'qon-1912" jamoasi "Bobur Arena"ga kirishda muammoga duch keldi. Stadionning asosiy darvozasi yopiqligi sabab "Qo'qon-1912" jamoasi arenaga boshqa darvozadan kirishga majbur bo'lgan. Mehmon jamoa kiyinish xonasigacha bo'lgan malum masofani piyoda bosib o'tishiga to'g'ri kelgan. Mezbon jamoa stadionga kelganda esa yopiq darvoza ochib berilgan. "Andijon" klubining ushbu harakatlari "Superliga va Pro liga reglamenti"ning 15.5 bandiga zid.

"Andijon" klubining ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar