Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi braziliyalik futbolchining maosh borasidagi kelishmovchiliklar tufayli "Real" bilan shartnomasini uzaytirish borasida yuzaga kelgan noaniqlikdan foydalanib qolmoqchi.
Qayd etilishicha, Vinisius "Manchester Yunayted"ning yangi davri uchun eng muhim xaridga aylanishi mumkin, ammo hozircha na "Real" va na futbolchining o'zi ehtimoliy transfer borasida o'z poziciyasini bildirgan.
Agar transfer amalga oshsa, bu Angliya chempionati uchun rekord bo'ladi.