Bashar Resan: "Bu g'alabali yo'lni "Andijon"ga qarshi o'yinda ham davom ettirmoqchimiz"

  • Mr.NoBoDy 16.08.2025 01:40
  • 54
  • 30

Superliganing 19-turi doirasida "Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvi o'tkazildi.

Unda "sherlar" 2:0 hisobida g'alabaga erishib, o'z hisobiga 3 ochko yozdirib qo'ydi. Ushbu uchrashuvdan keyin mezbonlar yarim himoyachisi Bashar Resan o'z fikrlarini bildirdi.

- Yaxshi o'yin o'tkazdik va 3 ochko qo'lga kiritdik. Bilasiz, so'nggi ikki o'yinda biz OKMK va "Dinamo"ga qarshi o'yinlarda 5 ochko yo'qotdik. Mana o'z maydonimizga qaytib, muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Biz bugun chiroyli o'yin ko'rsatib, muvaffaqiyatga erishishni istadik. Endi bu g'alabali yo'lni "Andijon"ga qarshi o'yinda ham davom ettirmoqchimiz. Bizda yaxshi futbolchilar juda ko'p. Muxlislar ham bizni hamma joyda har doim qo'llab-quvvatlamoqda. Biz ular uchun ham chempionlik yo'lida kurash olib boramiz, - dedi Resan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar