Ibrohim Ibragimov: "So'g'diyona"ning nozik tomonlarini o'rganib chiqqandik"

  • Mr.NoBoDy 16.08.2025 02:56
  • 48
  • 30

Superliganing 19-turi doirasida "Paxtakor" - "So'g'diyona" bahsidan keyin "sherlar" futbolchisi Ibrohim Ibragimov o'yin haqida fikrlarini bildirdi.

- Qiyin o'yin bo'ldi. Bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Nazariy mashg'ulotlarda "So'g'diyona"ning nozik tomonlarini o'rganib chiqqandik. Hudoga shukur, muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Stadionga kelganiga rahmat aytaman, ularning qo'llab-quvvatlashayotganini his qilib o'ynadik. 

- Gol nishonlashingiz haqida gapirsangiz. Kimga qarata kamondan o'q uzdingiz?

- Bu sir bo'laqolsin.

- "Paxtakor"da legioner futbolchilar ko'p. Qanday qilib Siz penalti tepdingiz?

- O'yindan oldin murabbiyimiz kim jarima zarbasini, penaltini tepishini yozib qo'yadi. Bugun penaltiga meni yozishgandi. 

- "Paxtakor" ushbu mavsumda turnir jadvalida o'rtada va pastda borayotgan jamoalarga qarshi o'yinlarda qiynalmayapti, yuqori o'rinlardagi jamoalarga qarshi bahslarda ko'p ochko yo'qotmoqda.

- Unaqa ko'p ochko yo'qotmadik. Ikkinchi davra endi boshlandi. OKMK, "Dinamo"ga qarshi o'yinlarda g'alaba bizga nasib qilmagan ekan. Keyingi bahslarda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Chempionlik poygasidan chiqib ketganimiz yo'q. Hali bu yo'lda kurashamiz.

- "Paxtakor"ning g'alabasiga eng katta sabab nimada?

- O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. G'alaba uchun o'ynadik. Murabbiy bergan ko'rsatmalarni bajardik.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar