iks
ads

Hojimat Erkinov: "Andijonlik muxlislarga rahmat, yaxshi atmosfera yaratib berishdi"

  • Mr.NoBoDy 22.08.2025 22:32
  • 63
  • 30

Superliganing 20-turi doirasida "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvidan keyin mehmonlar futbolchisi Hojimat Erkinov fikrlarini bildirdi.

- Ilk navbatda "Paxtakor" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Andijonlik muxlislarga rahmat, yaxshi atmosfera yaratib berishdi. O'yin qiyin o'tdi desa ham bo'ladi. Chunki 10 kishi bo'lib qolib ketdik. Shunday bo'lsa-da, yaxshi o'yin ko'rsatdik va o'zimizga kerakli g'alabaga erishdik. 

- Bugun Siz gol urdingiz. Bu gol jamoaga moslashib ketishingizga qanchalik yordam beradi?

- Albatta, gol ursangiz jamoaga moslashish tezlashadi. Lekin men "Paxtakor"da ancha yil o'ynaganman. Menimcha golsiz ham jamoaga moslashishim osonroq kechmoqda.

- Bir kishi bo'lib qolish o'yinga qanchalik tasir qildi?

- Unchalik tasir qilmadi. 10 kishi bo'lib ham yaxshi o'yin ko'rsatdik. Hamma yigitlarga rahmat, raqibdan bir kishi kam bo'lib qolgan bo'lsak-da, xarakter ko'rsatishdi va chiroyli o'yin namoyish qilib berishdi.

Ўхшаш янгиликлар