iks
ads

"Manchester Siti" himoyachisi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi

  • Mr.NoBoDy 20.08.2025 20:56
  • 777
  • 30

Turklar yaqin soatlar ichida himoyachiga taklif beradi.

"Galatasaroy" va "Manchester Siti" Akanjining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Turklar yaqin soatlar ichida himoyachiga taklif beradi. Manuel Akanji "Galatasaroy"ga o'tish arafasida turibdi. Fabricio Romanoning xabar berishicha, Turkiya klubi "Manchester Siti" bilan 30 yoshli himoyachining transferini 15 million funt sterlingga kelishib olgan. Tomonlar so'nggi tafsilotlarni hal qilishlari kerak.

"Galatasaroy" yaqin soatlar ichida futbolchining o'ziga taklifini taqdim etadi. Klub ushbu hafta davomida bitimni rasmiylashtirmoqchi.

Akanji o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 26 ta o'yinda maydonga tushgan.

Ўхшаш янгиликлар