iks
ads

Abdurauf Bo'riev: "Murabbiylar bergan taktikani yaxshi bajardik"

  • Mr.NoBoDy 22.08.2025 23:08
  • 63
  • 30

Superliganing 20-turi doirasida "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvidan keyin mehmonlar futbolchisi Abdurauf Bo'riev fikrlarini bildirdi.

- Ilk navbatda kelgan muxlislarga rahmat. "Paxtakor" muxlislari ham, "Andijon" muxlislari ham bugun atmosferani bomba qilib berishdi. Ularga qo'llab-quvvatlagani uchun rahmat. Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Murabbiylar bergan taktikani yaxshi bajardik va yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanib, g'alabani qo'lga kiritdik.

- Birinchi bo'limdan keyin murabbiylar qanday ko'rsatmalar berishdi?

- Raqiblar oldinga o'tishini bilardik. Diqqatni yo'qotmagan holda o'yinni davom ettirish vazifasi berildi. Menimcha buni ham uddaladik. Qizil kartochka jamoani yanada qizitdi. 3:2dan keyin ham bo'shashmadik va uchta gol urdik. Vaziyatdan unumli foydalansak, har o'yinda g'alaba qozonamiz.

Ўхшаш янгиликлар