AQSH prezidenti Donald Tramp ma’lum qilishicha, 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’a tashlash marosimi 5 dekabr kuni Vashington shahridagi Kennedi nomidagi Ijroiy san’at markazida bo‘lib o‘tadi. Tramp bu haqda Oq uydagi maxsus murojaatida ma’lumot berdi.
2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika hududida o‘tkaziladi. Musobaqada 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi va ular 12 ta guruhga ajratiladi, har bir guruhda to‘rttadan jamoa bo‘ladi. Pley-off bosqichiga birinchi ikki o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinda joy olgan eng yaxshi sakkizta jamoa yo‘l oladi. Bundan tashqari, 2026 yilgi jahon chempionatida yangi bosqich — 1/16 final ham joriy etiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa o‘z tarixida ilk marta Mundialda ishtirok etadi.