iks
ads

5-dekabr kuni 2026-yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlanadi

  • Mr.NoBoDy 23.08.2025 12:05
  • 63
  • 30

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra ushbu marosim joriy yilning 5-dekabr kuni Vashington shahridagi Kennedi markazida o‘tkaziladi.

“Jahon chempionati tarixidagi eng uzoq kutilgan qur’a marosimini AQShning madaniy yuragi bo‘lgan Kennedi markazida o‘tkazishdan mamnunmiz. Bu – turnir yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lib, 2026-yilgi eng yirik sport tadbiriga tayyorgarlik jarayonida asosiy voqealardan biri hisoblanadi. Biz jamoa delegatsiyalari, hamkorlarimiz, OAV va eng muhimi, 16 mezbon shahar muxlislarini AQSh poytaxtida kutmoqdamiz”, dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.

Bugungi kunga kelib, mezbonlardan tashqari yana 10 terma jamoa mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan: O‘zbekiston, Argentina, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Eron, Yaponiya, Iordaniya, Koreya Respublikasi va Yangi Zelandiya. 48 jamoa ishtirok etadigan ushbu musobaqada, qur’a kuniga qadar Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 42 jamoa aniqlangan bo‘ladi. Qolgan 6 yo‘llanma 2026-yil mart oyida o‘tkaziladigan pley-off bahslari orqali belgilanadi.

Ўхшаш янгиликлар