iks
ads

Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston qanday darajada ekanligini hamma biladi"

  • Mr.NoBoDy 23.08.2025 12:40
  • 66
  • 30

CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi oldidan Qirg'iz Respublikasi terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Urmat Abdukaimovdan guruhdagi raqiblari to'g'risida fikr bildirdi.

Guruhdagi barcha raqiblar alo darajadagi futbolchilarga ega sifatli jamoalar hisoblanadi. Ishonchim komilki, har bir jamoa turnirda muvaffaqiyat qozonish uchun eng yuqori motivaciya bilan maydonga chiqadi.

Turkmaniston terma jamoasi futbolchilarining aksariyati Osiyo Chempionlar Ligasida to'p tepadi, bu esa ularning yuqori xalqaro tajribasi va raqobatbardoshligini ko'rsatadi. Yaqinda jamoaga men shaxsan tanish bo'lgan zamonaviy, yuqori malakali murabbiy Rovshan Amanovich Meredov keldi.

Shuningdek, CAFA Nations Cup-2025 turniri oldidan O'mon terma jamoasini jahon darajasidagi mutaxassis Karlush Keyrush qabul qilib oldi. U JCH-2010'da Portugaliya terma jamoasini, 2014 va 2018 yilgi jahon chempionatlarida Eron terma jamoasini boshqargan.

So'nggi paytlarda O'mon tez-tez duch keladigan raqibimizga aylandi va har bir o'yin biz uchun juda qiyin bo'ldi. Shu bois, bu safargi bellashuvlar qiziqarli bo'ladi, deb o'ylayman.

O'zbekistonning hozirgi darajasiga kelsak, buni hamma yaxshi biladi. Ular 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Biz uchun guruhdan keyingi bosqichga chiqish muvaffaqiyatli natija hisoblanadi. Albatta, biz uchun har bir o'yin oson bo'lmaydi, lekin aynan mana shu maqsad bizni oldinga undaydi.

Ўхшаш янгиликлар