iks
ads

Ruminiya klubidan 94 ochko olib tashlandi

  • Mr.NoBoDy 23.08.2025 13:24
  • 63
  • 30

Ruminiya futbol federaciyasi mamlakat chempionatining uchinchi darajali ligasida mavsum boshlanishidan avval "Universitatya Krayova 1948" jamoasidan 94 ochko olib tashlash to'g'risida qaror qabul qildi.

Takidlanishicha, qaror futbolchilar va murabbiylar oldidagi to'lanmagan qarzlar, shuningdek, 2023 yildagi Ruminiya kubogi doirasida Buxarestning "Dinamo" jamoasi bilan o'tkazilgan o'yin uchun moliyaviy majburiyatlarni bajarmaganligi sababli qabul qilingan.

94 ochkoni olib tashlash bir martalik chora emas, balki avvalgi sankciyalar bilan birgalikda amalga oshirildi. Krayova jamoasiga 3 sentyabrgacha qarzlarni to'lash imkoniyati berildi. Agar talablar bajarilmasa, uni yangi jazolar, hatto barcha musobaqalardan chetlashtirishgacha bo'lgan choralar kutmoqda. Jamoa taqdiri 25 sentyabr kuni uzil-kesil aniqlanadi.

Ўхшаш янгиликлар